Xush kelibsiz mehmon! Гость | Guruh "Mehmon"

FarmInfo.uz


Oqimlar turlari
So’rovnomamiz
Saytimiz ishiga baho bering...
Barcha baholar:   75
Kichik chat
Hisobotlar
Reklama
"Orvinet " Dori preparati haqida batafsil ma'lumotlar:
ORVINET

(Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma)


Ta’sir etuvchi modda (Xalqaro patentlanmagan nomi) Atsetaminofenol, kofein, fenilefrin gidroxlorid, xlorfeniramin maleat;

 Tarkibi: Har bir tabletka 500 mg  Atsetaminofenol, 30 mg kofein (suvsiz), 10 mg fenilefrin gidroxlorid, 2 mg xlorfeniramin maleat saqlaydi.

 Farmakoterapevtik guruhi: Analgetik-antipiretiklar (og’riq qoldiruvchi-isitma tushiruvchilar).

 Farmakologik xususiyatlari: Majmuaviy preparat bo’lib, tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatiga bog’liq.

To'liq ma'lumot uchun ushbu havola orqali o'ting!


Просмотров: 3651 | Добавил: President | Дата: 16.02.2013 | Комментарии (0)



Qadrli foydalanuvchilar!

Web saytimiz o'z shiori va nomiga sodiq qolgan holda bugundan boshlab dori-darmonlar, tibbiy texnika buyunlari haqida eng to'liq, ishonchli va eng muhimi o'zbek tilida yo'riqnomalar va ko'rsatmalar havola etishni boshlaydi. Saytimiz orqali farmatsevtik va tibbiy bilimga - ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

Bundan tashqari, forum bandi orqali tibbiy-farmatsevtik bilimlaringizni ham rivojlantirishingiz mumkin!..

Fenatsetin


(Phenacetinum)

Sinonimlari: Atsetofenetidin, Fenetidin, fenin, atsetofedin, Atsetparafenalid, Fenedin va b.

Farmakologik ta’sirlari: Isitma tushiruvchi, og’riq qoldiruvchi va yallig’lanishga qarshi.

Qo’llanishi: Bosh og’rig’ida, migrenda, mialgiyada (muskullar og’rig’ida), artit (bo’gimlar yallig’lanishi)da, tana harorati ko’tarilganda qo’llash tavsiya etiladi.

Qo’llash usuli va dozalari: 0,25-0,5 g dan 1 kunda 2-3 mahal. Maksimal 1 martalik doza 0,5 g, sutkalik maksimal doza 1,5 g

Noj’oya ta’sirlari: Allergik reaksiyalar bo’lishi mumkin; dozani oshirib yuborganda metgemoglobinimiya chaqishirishi mumkin (qonda metgemoglobin miqdorining oshib ketishi – gemoglobin mahsuloti, bunda kislorod yetkazib berilishi kamayadi, nafas olish qiyinlashadi).

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar: Preparat va uning tarkibidagi komponentlarga bo’lgan shaxsiy ta’sirchanlikda, buyrak faoliyati buzilgan be’morlarda.

Chiqarilish shakli: Kukun dori (Poroshok); Tabletka 0,25 g dozadan o’ramida 6 donadan.


... To'liq o'qish »

Просмотров: 2224 | Добавил: President | Дата: 16.02.2013 | Комментарии (0)



Web saytimiz faoliyat qamrovi va ma'lumotlar arxivini sizlar uchun foydali va qiziqarli ma'lumotlar, tavsiya, körsatmalar bilan boyitib bormoqda... 


 O'rta Osiyoda bo'yicha yagona hisoblangan farmatsevt mutaxassislar tayyorlovchi Oliygoh - Toshkent Farmatsevtika institutining yetakchi professorlari ham ishimizga yuksak baho berishmoqda!..

        
Kuni kecha oliygohimizning Fiziologiya, Farmakologiya kafedrasi bilan ijodiy qöllab-quvvatlash va muhim tibbiy-biologik ma'lumotlar bilan ta'minlash borasida hamkorlikka kelishib olindi... 

Bugun Toshkent Farmatsevtika instituti Dori turlari texnologiyasi kafedrasi bilan ham hamkorlikka kelishib olindi...
Saytimizning eng dolzarb va ommabop sahifasi "Xalq tabobati" turkumidagi maqola va qiziqarli ma'lumotlarni ishonchli, to'liq va eng muhimi amalda sinalgan usullarda davolashga oid muallifliq huquqi asosida taqdim etish borasida taklifimiz ma'qullandi...

Shu örinda, biz, faoliyatimizga amaliy va ma'naviy yordam berayotgan Fiziologiya, Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedra mudiri prof. SAIDOV S.A hamda, Dori turlari texnologiyasi kafedra mudiri SULTONOVA K.M larga minnatdorchilik bildirib qolamiz!..

Bizni kuzatib boring va aslo yiroqlashmang!..
Salomat böling!!!

 
Просмотров: 1125 | Добавил: President | Дата: 09.02.2013 | Комментарии (0)


 

Ommaviy ijtimoiy saytlarda ham bizni kuzatib boring. 

Saytimizdagi yangilik va ma'lumotlar endilikda "Одноклассники.ru" dagi guruhimizda ham taqdim etilmoqda!..

  Ushbu havola orqali hoziroq o'tishingiz mumkin!!! 

  Faoliyatimizni kuzatib boring!..

   Sog'liqni saqlash - Tibbiyot va Farmatsevtikaga oid eng muhim ma'lumotlarga ega bo'ling!.. 

    Hurmat bilan, Sayt ma'muriyati...


Просмотров: 1606 | Добавил: President | Дата: 09.02.2013 | Комментарии (0)

 
Hurmatli  foydalanuvchilar!..




Endi saytimizning rus tilidagi sahifasi ham ishga tushdi...

Unda siz dori vositalarni kasalliklar bo'yicha va to'liq ma'lumotlarini o'qishingiz mumkin.

Ushbu havola orqali hoziroq tashrif buyuring!..

Просмотров: 1359 | Добавил: President | Дата: 09.02.2013 | Комментарии (0)



Farmatsevtik faoliyat bilan shug'ullanuvchi barcha Firmalar va,  tibbiyot muassasalari dorixona mudirlari diqqatiga!!!



Xalq sog'ligini yaxshilashni maqsad qilgan,  Qadrli dorishunoslar!!!
Yurtimiz aholisi uchun yanada qulay bo'lishi, kerakli dori vositalarini tezda va sifatlisini xarid qilishiga ko'maklashish maqsadida Saytimiz jamoasi Viloyatlar,  Toshkent shahri va Qoraqalpog'iston Respublikasida joylashgan dorixonalar, ulgurji firmalar va tibbiy xizmat ko'rsatuvchi muassasalarning aloqa raqamlari, joylashgan manzili, xizmat ko'rsatish shakllari va turlari to'grisida ma'lumotnomalar bilan quyidagi forma orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin. 
   
  Firma nomi       Manzili      Xizmat ko'rsatish shakli,  to'lov usullari,   Aloqa uchun telefon raqamlari,   E-mail  manzili. 
                                                    Hurmat bilan, Sayt ma'muriyati...


Просмотров: 1745 | Добавил: President | Дата: 09.02.2013 | Комментарии (0)


Hurmatli foydalanuvchilar!..

Web saytimiz endi to'liq formatda ishlamoqda, ya'ni, kichik subdomen shaklidan mustaqil holatda Farminfo.uz tarzda ishlamoqda...

Saytimizga tashrif buyurib, dori-darmonlarning sirli olamini biz bilan birga kezing. O'ylaymizki, saytimizdan o'zingizga kerakli ma'lumotlarni topa olasiz!..

Faoliyatimizni kuzatib boring, bizdan aslo yiroqlashmang..

                                     Hurmat bilan sayt bosh muharriri...


Просмотров: 1293 | Добавил: President | Дата: 09.02.2013 | Комментарии (0)