Atsetilsalitsil kislota (Aspirin)
Acidum acetylicum
Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma
Ta’sir etuvchi modda (Xalqaro patentlanmagan nomi): Atsetilsalitsil kislota
Tarkibi: Har bir tabletka 500 mg Atsetilsalitsil kislota saqlaydi.
Farmakoterapevtik guruhi: Antipiretik (isitma tushiruvchi), qon quyuqlashishini kamaytiruvchi, qonni suyiltiruvchi, og’riq qoldiruvchi.
Farmakologik xususiyatlari: Majmuaviy preparat bo’lib, tarkibiga kiruvchi Atsetilsalitsil kislotasining ta’sir etishi bilan bog’liq. Ushbu modda qon tomirlaridagi qonning suyuqlanishini tezlashtirib, qonning tomirlar bo’ylab harakatini yaxshilaydi. Isitma va shamollashga olib kelgan omillarga qarshi samarali ta’sir etadi. Paracetamolga qaraganda tezroq ta’sir etishi bilan ustun turadi. Shuningdek, qirq yoshdan oshgan, yurak faoliyatidan shikoyatli bemorlarga qon suyultiruvchi preparat sifatida tavsiya etiladi.
Qo’llanilishi: Shamollash, isitma, yurak-qon tomir faoliyati uchun qon quyuqlashuviga qarshi vosita sifatida.
Qo’llash usuli va dozalari: Ichish uchun. Kattalarga 1 tabletkadan kuniga 3 marta, ovqatdan keyin!..
Profilaktika uchun qon suyuqlik darajasini me’yorda saqlab turish uchun 1/4 yoki 1/2 ulushda 1 mahal kechqurun uxlashdan oldin doimiy ravishda.
Nojo’ya ta’sirlari: Preparatni qon ivishi bilan bog’liq muammosi bor ( torombositlar agregatsiyasi past) bor bemorlarga berishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish kerak. Gemofilitik (qoni quyuqlashmaydigan) bemorlar tavsiya etilmaydi. Preparat tarkibi kislotali muhit hosil qilishi tufayli oshqozon sekretor tizimi buzilgan, oshqozon yarasi bor bemorlarga berilmaydi. Eng muhimi, ushbu preparatni ovqatdan so’ng, oshqozonda ovqat moddasi parchalanib ketmasdanoq berish kerak. Buyrak oqrali 24 – 48 soat ichida peshob orqali chiqariladi. Dozani oshirib yuborganda, shilliq qavatlarni zichlashuvi, quloqning shang’illashi, eshitish va ko’rish qobiliyatining pasayishi, bosh aylanishi hollari sodir bo’ladi. Kam hollarda saharlanish natijasida Markaziy nerv tizimida va suv-elektrolit almashinuvi buziladi. 5 yoshdan kichik bemorlar uchun salbiy ta’sirlari aniqlangan.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar: Bronxial astmada, Oshqozon kislotaliligi yuqori bemorlarga, yurak yetishmovchiligi bor (miokardni kislorod bilan ta’sinlash uchun ko’p energiya sarf bo’lishi tufayli), atsidozlarda, 5 yoshdan kichik bemorlarga.
Boshqa dorilar bilan o’zaro ta’siri: Tarkibida oshqozonda kislota ishlab chiqarilishini tezlashtiruvchi xususiyatda ega preparatlar bilan birga oshqozonga toksik va yaralovchi ta’sir etadi. Qon suyultiruvchi boshqa dorilarni faqat qon ivish tizimida yetishmovchiligi bo’lmagan be’morlarga berish mumkin.